empty
 
 

IFX_KasePeakOscillator indikatori taniqli amerika treyderi Sintiya Keys, CMT (Cynthia Kase, CMT) tomonidan ishlab chiqilgan. eSignal uchun "Kase StatWare" paketida taqdim etilgan. Mazkur ossillyator faol treyding uchun to'g'ri keladigan turli xil signallarning katta miqdorini aniqlashga imkon beradi.

Hisoblash formulasi

KPO = RWI(high) - RWI(low), bu yerda


RWI(high) = (High[0]-Low[n])/ATR*sqrt(n),

RWI(low) = (High[n]-Low[0])/ATR*sqrt(n).

Savdoda qo'llanilishi

IFX_KasePeakOscillator indikatori ossillyatordan iborat bo'lib, u standart gistogrammadan tashqari, o'z ichiga shuningdek narx minimumlari va maksimumlariga nisbatan gistogrammaning minimum va maksimumlarini ko'rsatuvchi chiziqni ham o'z ichiga oladi. Bu chiziq rivojlantuvchi trendga qarshi savdo qilishda juda muhim hisoblanadi.

Indikator rangining almashinishi bozorga kirish uchun signal hisoblanadi.

Agar bozorda umumiy ko'tariluvchi yo'nalish kuzatilsa IFX_KasePeakOscillator indikatori rangini qizildan ko'kka almashtirgan bo'lsa, aktivni xarid qilish zarur, chunki bundan keyin narx umumiy ko'tariluvchi trend doirasida ko'tarilishi mumkin.

Agar bozorda umumiy pastga tushuvchi yo'nalish kuzatilgan holda va IFX_KasePeakOscillator indikatori rangini ko'kdan qizilga almashtirsa, aktivni sotish zarur, chunki bundan keyin narx umumiy pastga tushuvchi trend doirasida pasayishi mumkin.

Agar gistogramma signal chizig'ining "cho'qqilari"ga etsa, narxlarning burilib orqaga qaytishiga tayyorgarlik ko'rish kerak, chunki ular o'zlarining o'rtacha muddatli maksimum va minimumiga etgan bo'ladi.

Agar indikator gistogrammasi nol chizig'ini pastda yuqoriga qarab kesib o'tgan bo'lsa, u holda bu umumiy narx harakatining pastga tushuvchidan yuqoriga ko'tariluvchiga almashtirganidan dalolat beradi va bunda xaridlarni ochish zarur. Agar nol chizig'ini gistogramma yuqoirdan pastga qarab kesib o'tsa, u holda sotuvlarga o'tish kerak, chunki bu holda trend ko'tariluvchidan pastga tushuvchiga almashinishi kuzatiladi.

Gistrogrammaning maksimum va minimumlari divergensiyalar va konvergensiyalarning klassik signallarini izlash uchun foydalanishi mumkin.

IFX_KasePeakOscillator indikatori

IFX_KasePeakOscillator indikatorining parametrlari

KPeriod = 30

CalsBars = 1000

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок